Putin hamkasblari orasida kimlarga "sen" deb murojaat qilishini aytdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishPramaya liniya s prezidentom Rossii Vladimirom Putinim
Pramaya liniya s prezidentom Rossii Vladimirom Putinim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu bilan birga, Putin, ayrim xorijiy hamkasblari bilan faqat "siz"lab murojaat qilishini ta’kidladi. Masalan, Chexiya prezidentiga, nega deganda uning yoshi Putinnikiga nisbatan kattaroq.

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqaro sahnada hamkasblaridan kimlarga "sen" va kimlarga "siz"lab murojaat qilishi haqida so‘zlab berdi.

Sputnik_Otdix Putina: podvodnaya oxota na shuku i ribalka - Sputnik O‘zbekiston
"Yashirinib nima qilaman": Putin o‘zining yarim-yalang‘och holdagi suratlariga izoh berdi

"Ingliz tilida, barchamiz bilamizki, siz yo‘q, u yerda hammasi "you", ya’ni hammasi osonroq, ammo fransuz, nemis va boshqa qator tillarda "siz" va "sen" murojaatlari mavjud. Shu bois, ko‘plab hamkasblarim bilan mana shunday norasmiy munosabatlar o‘rnatishga to‘g‘ri kelgan.

Misol uchun, deylik Yaponiya Bosh vaziri bilan bir-birimizga ismlarimizni aytib, "sen"lab murojaat qilamiz, Germaniya kansleri, Fransiya prezidenti bilan ham xuddi shunday", — dedi Rossiya prezidenti to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot davomida.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Kazaxstana N. Nazarbayevim - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev Putinning qayta saylanganini tarixiy voqea deb atadi

Shu bilan birga, Putin, ayrim xorijiy hamkasblari bilan faqat "siz"lab murojaat qilishini ta’kidladi. Masalan, Chexiya prezidentiga, nega deganda, uning yoshi Putinnikiga nisbatan kattaroq.

"O‘ylaymanki, unga "siz"lab murojaat qilib, to‘g‘ri qilaman. Ko‘pchilik bilan o‘zaro suhbatda bir-birimizga ismimizni aytib murojaat qilamiz. Bu menimcha, juda muhim, nega deganda biz faoliyat yuritadigan darajada o‘zaro hurmat — har qanday holatda saqlanib qolishi zarur, chunki u yanada jiddiy xalqaro masalalarni yechishda yaxshi instrument bo‘la oladi", — dedi Putin.

Yangiliklar lentasi
0