Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashiga umrbod rahbarlik qilish huquqiga ega bo‘ldi

© Fotoxost-agentstvoPrezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev
Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nazarboyev Xavfsizlik kengashini umrbod boshqarish huquqiga - mamlakatda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar va barqarorlikning mustahkamlanganligi tufayli berilgani aytildi

TOShKENT, 31-may — Sputnik. Qozog‘iston parlamenti Senati (yuqori palatasi) payshanba kuni Xavfsizlik kengashi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi, hujjat, xususan, amaldagi prezident Nursulton Nazarboyevga XKga umrbod rahbarlik qilish huquqini beradi, deb xabar qildi RIA Novosti muxbiri.

Fevral oyida Qozog‘iston Adliya vaziri Marat Beketayev jurnalistlarga Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nazarboyevga Xavfsizlik kengashini umrbod boshqarish huquqining berilishi - mamlakatda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar va barqarorlikning mustahkamlanishi tufayli ekanligini ma’lum qilgan edi.

"Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti - Yo‘lboshi o‘zining tarixiy missiyasi tufayli Xavfsizlik kengashiga umrbod raislik qilish huquqi berilishi o‘rnatildi", - deyiladi senatning Konstitutsiyaviy qonunchilik, sud tizimi va huquqni muhofaza qilish organlari qo‘mitasi yakuniy xulosasida.

Ushbu qonunchilik loyihasi imzolanish uchun Qozog‘iston prezidentiga yo‘naltirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0