Bo‘tqa, yog‘ va terrorchi yoxud Rossiyadagi JChda xavfsizlik choralari nega ortiqchalik qilmaydi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishSotrudniki politsii na stansii moskovskogo metro
Sotrudniki politsii na stansii moskovskogo metro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik mualliflaridan biri Sergey Babluman jahon chempionati vaqtida xavfsizlik choralarining muhimligi va Rossiya hukumatining futbol bo‘yicha jahon chempionati davrida favqulodda vaziyatlarni chetlab o‘tish borasida qilayotgan harakatlari haqida fikr bildirdi

Britaniya politsiyasi rahbarining o‘rinbosari, futbol uchun javobgar xodim — Mark Roberts o‘tgan haftada Rossiya hukumatining yaqinlashib kelayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida xavfsizlik choralarini kuchaytirayotgani borasidagi harakatlarini "ortiqcha" deb topdi va bu bilan barchaning e’tiborini o‘ziga qaratdi.

"Rossiya hukumati turnir vaqtida xavfsizlik muammolariga haddan ko‘p e’tibor bermoqda", — dedi Roberts.

Bundan tashqari, unga ko‘ra "Rossiya hukumatining xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, Rossiya va Angliya futbol ishqibozlari o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin to‘qnashuvlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rayotgan hozirliklari – harbiylashtirilgandir". Roberts dalil sifatida Rossiyada sport musobaqalarida juda ko‘plab jangovar anjomlar bilan ta’minlangan xizmatchilar jalb etilishini ko‘rsatib o‘tgan. Xuddiki, Angliyadagi stadionlarda tartibni balet raqqosalari ta’minlaydigandek.

Bu degani Rossiyadagi yilning eng muhim voqeasi tashkilotchilarini xafsizlikka o‘ta katta e’tibor berayotganlikda ayblashmoqda.

Jahonda terroristik hujumlar to‘lqini, ayniqsa Yevropa va Amerikadagilarni hisobga olsak, bu yovuzlikdan himoya ortiqchaligi bo‘yicha gapirish o‘rinsizligi aniqlashadi.  

Bo‘tqaning ta’mini yog‘ bilan buzib bo‘lmagani kabi, mayli, hatto futbol bayrami ham agar u portlashlarsiz, o‘q tovushlarisiz va yong‘insiz o‘tishi uchun kattagina mablag‘ talab etadi. Vaziyat shuni taqazo etadi: xavfsizlik uchun to‘g‘ri to‘lov qilishga, pul ajratishga to‘g‘ri keladi, biroq xavfsizlikning ta’minlanmasligi undan-da qimmatga tushishi mumkin.

1972 yilda Munxendagi olimpiya o‘yinlarida ham “xavfsizlikni haddan tashqari oshirmaslik” qaroriga kelishgan, garchi xavf-xatar bo‘lsama ham, ogoh bo‘lgan kishigina xavfsiz bo‘lishi barchaga ayon-ku.

Bir-birinikiga mehmonga borishni istagan sportchilar devorlardan oshib tushib, nazorat-o‘tkazuv puntklarini osonlikcha aylanib o‘tishardi.

Shu o‘rinda, Isroil delegatsiyasi rahbarini qurolli himoyaning yo‘qligi masalasi uning jamoasi hali Munxenga kelmay turib bezovta qila boshlagandi.

Isroilliklarni olimpiya qishlog‘ida ularga ajratilgan joy ham g‘oyatda taajjubga solgandi  — ularning fikricha bu joyga tashqaridan osonlikcha hujum uyushtirish mumkin edi.

O‘shanda Germaniya hukumati isroilliklar uchun maxsus xavfsizlik choralari ko‘rilishini aytib, ularni ishontirgandilar.

Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi? "Qora sentabr" guruhi terrorchilari Isroil terma jamoasining o‘n bir nafar a’zosini o‘ldirishdi, bir nafar G‘arbiy Germaniya politsiyachisi ham halok bo‘ldi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tish darkor, davrimizning eng shov-shuvli terrorchilik aktlari aynan sport tadbirlari vaqtida sodir etilgan. Yillar, davlatlar va qurbonlar soni kesimida.  

2002 yil, Ispaniya. Chempionlar ligasi yarim finalidan oldin stadion yaqinida avtomobil portlatildi, shunda to‘qqiz nafar kishi jarohatlangan.

2009 yil, Pokiston. Shri-Lanka jamoasi bo‘lgan avtobusga hujum sodir bo‘ldi. Olti nafar kuzatuv politsiya xodimlari va ikki nafar fuqaro o‘ldirilgan, yetti nafar sportchi jarohatlangan.

2010 yil. Pokiston-Iroq. Birinchi holatda stadionda portlash, bir yuz besh nafar kishi halok bo‘ldi, yuzdan ortiq jarohatlangan. Iroqda futbol o‘yini bo‘layotgan stadionga hujum sodir bo‘ladi: yigirma besh nafar kishi halok bo‘lgan va yuzdan ortiq kishi jarohatlangan.  

2015 yil, Fransiya. “Sen-Deni” stadioni. Germaniya va Fransiya jamoalari o‘rtasida o‘yin davomida hudkush terrorchi o‘zini portlatib yubordi. Qurbonlar bo‘lmadi.

2016 yil, Turkiya. “Beshiktosh” futbol klubi stadionida portlash sodir bo‘ladi, qirq to‘rt kishi halok bo‘ldi.

Agar jangovar vositalar bilan ta’minlangan politsiyachilar sonini Buyuk Britaniya futbol politsiyasi boshlig‘i janob Robert g‘ashiga tegmaydigan darajaga yetkazilsa, Rossiyaning 11 ta shaharlarida nima bo‘lishi mumkin?

Angliya, nafaqat futbol, balki futbol bezorilari vatani ham.

Rossiya futbol ittifoqi xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Vladimir Markin so‘zlariga ko‘ra, angliyalik fanatlar Rossiyada jahon chempionati vaqtida tartibsizliklar uyushtira olishmaydi.

“Nafaqat urush, mushtlashishga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Barcha urinishlar bartaraf qilinadi”, deb ogohlantirdi Markin.

Kelayotgan futbol bayrami buzilmasligi uchun nima qilish kerak?

Rossiyada amalga oshirilayotgan barcha ishlar, xususan chempionat o‘yinlari o‘tkaziladigan shaharlarda shashlik tayyorlash uchun olov yoqmaslik bo‘yicha taqiq shular jumlasidandir.

Yangiliklar lentasi
0