TOShKENT, 30-may — Sputnik. Sverdlovsk viloyati sud ijrochilari tomonidan bir haftada 50 dan ortiq migratsiya qonunchiligini buzgan muhojir Rossiyadan chiqarib yuborildi.
“Asosan bular yaqin xorijiy davlat fuqarolari: O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon”, - deb xabar qildi sud ijrochilari mahkamasi.
Ushbu idora ma’lumotlariga qaraganda barcha fuqarolar “Rossiyada xorijiy fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan Rossiya Federatsiyasiga kirish qoidalari yoki Rossiya Federatsiyasida bo‘lish tartibini buzish” ma’muriy huquqbuzarligini sodir etishda aybdor deb topildi.
Sud jazo tariqasida muhojirlarni Rossiya hududiy majburiy ravishda chiqarib yuborish chorasini qo‘llashga qaror qildi.
Endi ular faqat besh yildan so‘ng Rossiya hududiga qaytib kirishlari mumkin.
Rossiya hududidan majburiy ravishda chiqarib yuborishga qaror qilingan fuqarolar “Kolsovo” aeroportidagi davlat chegarasi nazorat o‘tkazish joyigacha olib borildi.
Sud ijrochilari xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan jami Rossiya hududidan 620 nafar xorijiy fuqaro majburiy ravishda chiqarib yuborilgan.