O‘zbekiston hududlarida sel xavfi e’lon qilindi

© Sputnik / Anatoliy UstinenkoNa ulitse posle sxoda selevogo potoka
Na ulitse posle sxoda selevogo potoka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda tog‘ va tog‘oldi hududlarida 27-28 may kunlari sel kelishi xavfi mavjud

TOShKENT, 25-may - Sputnik. O‘zbekiston FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazi sel kelishi xavfi haqida ogohlantirdi.

Fura - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati hokimi seldan jabrlangan surxondaryoliklarga beg‘araz yordam yubordi

"2018 yilning 27-28 may kunlari O‘zbekiston Respublikasining tog‘ va tog‘oldi hududlarida kel kelishi xavfi mavjud. Ushbu hududlarda ob-havo o‘zgaruvchan, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kutiladi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan g‘arbiy yo‘nalishga o‘zgarib 7-12 m/s (25-43 km/soat), 28-may kuni shamol tezligi 22 m/s (79 km/soat) gacha kuchayishi, joylarda 25-30 m/s (90-108 km/soat) gacha kuchayishi kutiladi", - deyiladi xabarda.

Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholidan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "Tezkor raqam”iga murojaat etish iltimos qilingan.

Yangiliklar lentasi
0