Taniqli KVNchi Sitora Farmonova nimani tanlaydi: Ronaldunimi yoki boksni

© Mirtoxir GulyamovIgrok kirgizstanskoy komandi KVN "Aziya MIX" Sitora Farmonova
Igrok kirgizstanskoy komandi KVN Aziya MIX Sitora Farmonova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Quvnoqlar va zukkolar klubi" (KVN) o‘yinlari "Osiyo MIX" jamoasi ishtirokchisi, O‘zbekiston xonandasi Samaraga tashrif buyurdi.

Sputnik ChM-2018ga bag‘ishlangan "sodda sayyohatchilar" loyihasi vakillari bilan uchrashib, ulardan intervyu oldi.

Sitoraga futbolga qanday munosabatda ekanligi haqida savol berildi.

"Do‘stlarim orasida ko‘p futbolchilar bor, ulardan Odil Axmedov, Baxodir Nasimov, Sanjar Tursunov. Lekin har kuni futbolni kuzatib bormayman", — dedi Sitora.

Rossiyada o‘tkaziladigan jahon chempionatida kimga muxlislik qilasiz, balki Ronalduga, degan savolga u quyidagicha javob qaytardi.

"Men o‘zimni Krishtianu Ronalduning fanati deb hisoblamayman, ko‘proq boks va kikboksni yaxshi ko‘raman. Men sport yanada rivojlanib borishini istardim, chunki sport  sog‘lom tarbiya bag‘ishlaydi", — deb qo‘shimcha qildi Farmonova.

Shuningdek, Sitora eng sevimli shahri sifatida Toshkent shahrini tilga oldi. Biroq Samara ham unda katta taassurot qoldirganini qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0