TOShKENT, 23-may – Sputnik. “Investorlar maktabi” portali Yevrostat, Xalqaro mehnat tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti ma’lumotlariga asosan, 2017-yilda dunyo mamlakatlarida o‘rtacha maosh qancha bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni chop etdi.
Unga ko‘ra, dunyo bo‘yicha eng yuqori maosh Shveysariyada ekan – 3855 $, keyingi o‘rinda Norvegiya — 3781$ va Lyuksemburg – 3565 $. AQShda – 3120 $, Germaniyada – 2958 $, Yaponiyada – 2865 $, Janubiy Koreyada – 2100 $, BAAda – 1620 $, Turkiyada – 996 $ va ho kazo.
Rossiya ushbu reytingda 615 $ o‘rtacha maosh bilan 157 o‘rinni egallab turibdi. Qozog‘istonda o‘rtacha maosh – 480 $, Belarusda – 375 $, Turkmanistonda – 320 $, O‘zbekistonda – 235 $, Tojikistonda – 110 $.
Reytingning eng so‘nggi qatorlaridan Kongo — 27$, Malavi – 22 $, Zimbabve – 21 $, kabi mamlakatlar o‘rin olgan.