Yevrokengash raisi Tramp Yevropani xomxayollardan qutqarganini ma’lum qildi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishFlagi Yevrosoyuza u zdaniya shtab-kvartiri Yevropeyskoy komissii v Brussele
Flagi Yevrosoyuza u zdaniya shtab-kvartiri Yevropeyskoy komissii v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tramp AQSh Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvdan chiqishini ma’lum qildi. Vashington Eronga qarshi barcha sanksiyalarni tiklamoqchi, bu esa Eron bilan biznes yuritayotgan boshqa davlatlarga ham ta’sir qiladi.

TOShKENT, 17-may — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Trampning siyosati oqibatida yevropaliklar xomxayollardan ozod bo‘lgani uchun undan minnatdor bo‘lishimiz kerak, dedi Yevrokengash raisi Donald Tusk. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Prezident Trampning so‘nggi qarorlaridan keyin kimlardir bunday do‘stlaring bo‘lsa dushmanning keragi yo‘q, deb o‘ylagan bo‘lsa kerak. Ammo, to‘g‘risini aytganda, Yevropa prezident Trampdan minnatdor bo‘lishi lozim. Chunki u tufayli biz barcha xomxayollardan qutuldik. U bizga yordam beruvchi qo‘l faqat o‘zimizning qo‘limiz ekanligini tushuntirib qo‘ydi", — dedi u YeI rahbarlarining norasmiy uchrashuvi arafasida.

Flag Soyedinennix Shtatov Ameriki. - Sputnik O‘zbekiston
Eronlik deputatlar parlament minbarida AQSh bayrog‘iga o‘t qo‘yishdi

"Yevropa bugungi kayfiyatga qaramasdan transatlantik aloqalarni himoya qilish uchun qo‘lidan kelganini amalga oshirishi lozim. Ammo shu bilan birga o‘zimiz mustaqil harakat qilishimiz kerak bo‘lgan vaziyatlarga ham tayyor turishimiz darkor. Bu vazifani uddalash uchun imkoniyatlarimiz yetarli. Biroq bizga siyosiy birlik va qat’iylik ko‘proq kerak", — dedi Tusk.

Mart oyi oxirida AQSh po‘lat va alyuminiy importiga mos ravishda 25 va 10%lik boj to‘lovlari joriy etdi.

Bundan tashqari, 8-may kuni Tramp AQSh Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvdan chiqishini ma’lum qildi. Vashington Eronga qarshi barcha sanksiyalarni tiklamoqchi, bu esa Eron bilan biznes yuritayotgan boshqa davlatlarga ham ta’sir qiladi.

Yangiliklar lentasi
0