JCh-2018 kunlarida Rossiyaga kelgan xorijliklar 3 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkaziladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishProverka dokumentov u inostrannix grajdan
Proverka dokumentov u inostrannix grajdan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
JCh-2018 kunlarida Rossiyaning ayrim shaharlariga kelgan xorijiy fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish 3 kun ichida amalga oshiriladi. Oldin ushbu jarayonga bir kun beriladi deb e’lon qilingan edi.

TOShKENT, 15-may – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin JCh kunlarida Rossiyaning ayrim shaharlariga kelgan xorijiy fuqarolarni 3 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi qarorni imzoladi. Yangi qaror huququqiy hujjatlar rasmiy portalida e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qonunning 2018-yil 7-may kuni imzolangan dastlabki ko‘rinishida “Jahon Chempionati kunlarida xorijiy fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tazishga bir kun beriladi” – deb e’lon qilingan edi.

Vidacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoe projivanie - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga kelgan xorijliklar 1 kun ichida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi

Ushbu qoidalar 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Kazan, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-na-Donu, Samara, Saransk va Sochi shaharlarida amal qiladi.  

Xorijiy fuqarolarni nafaqat ichki ishlar organlari bo‘limlarida, balkim "Moi dokumenti" ko‘p-funksiyali markazlarda ham ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

Ushbu qonun Jahon Chempionati ishtirokchilari, FIFA va uning sho‘ba korxonalari hamda milliy futbol assotsiatsiyalari vakillari uchun amal qilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0