TOShKENT, 3-may – Sputnik. Komil Allamjonov matbuot xodimlarini Jahon matbuot erkinligi kuni bilan tabrikladi. O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi jurnalistlarga mustahkam sog‘liq va kuch-quvvat tiladi.
“Barchaga Jahon matbuot erkinligi kuni muborak! Sifatli, kuchli, erkin jurnalistika mamlakatimiz axborot xavfsizligidir. Bugungi kunda ayniqsa dolzarb bo‘lgan ushbu kasbning befarq bo‘lmagan, professional vakillarini tabriklayman. Mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat tilayman, qalamingiz hamisha o‘tkir bo‘lsin!”, — deyilgan Allamjonovning Facebookdagi xabarida.
Jahon matbuot erkinligi kuni YuNESKO tomonidan 1993-yilda qabul qilingan edi. Ushbu kuni ta’sis etish haqidagi rezolyutsiyada “Erkin ko‘p qirrali matbuot har qanday demokratik jamiyatning ajralmas bo‘lagi bo‘lishi kerak deyilgan”.