"Istiqlol" san’at saroyi va "Bunyodkor" metro bekatiga “Xalqlar do‘stligi” nomi qaytariladi

© Xalqaro press klub60 metroviy flagshtok v sentre Tashkenta
60 metroviy flagshtok v sentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Undan tashqari san’at saroyi oldidagi maydonda balandligi 60 metr bo‘lgan flagshtok o‘rnatilib unda ulkan O‘zbekiston bayrog‘i osiladi.

TOShKENT, 28 apr – Sputnik. Toshkent markazidagi “Istiqlol” san’at saroyi va “Bunyodkor” metro bekatiga “Xalqlar do‘stligi” nomi qaytariladi, deb xabar qilmoqda Xalqaro press-klub.

Shavkat Mirziyoyev: vaqt o‘tgan sari Shomahmudovlar oilasi ko‘rsatgan qahramonlikning ahamiyati va qadri tobora oshib bormoqda. - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Shomahmudovlar oilasi qahramonligining ahamiyati va qadri tobora oshib bormoqda

Undan tashqari san’at saroyi oldidagi maydonda balandligi 60 metr bo‘lgan flagshtok o‘rnatilib unga o‘lchami 6x9 metr bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i osiladi.

Xabarda shuningdek, san’at saroyi oldidagi maydon ko‘klamzorlashtirilib, aholi dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratilishi aytib o‘tilgan.

Bir necha kun oldin bu yerga xalq orasida Shomahmudovlar oilasi haykali deb nom olgan “Xalqlar do‘stligi monumenti”ni qaytarish bo‘yicha ishlab boshlab yuborilgani haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0