Vladimir Putin olti nafar o‘zbekistonliklarga Rossiya fuqaroligini berdi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishRossiyskiy pasport
Rossiyskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH respublikalaridan jami 40 nafar kishiga Rossiya fuqaroligi berildi. Ularga, fuqarolik qasamodini qabul qilganlaridan so‘ng, Rossiya fuqarosi pasporti beriladi.

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 40 nafar kishiga Rossiya fuqaroligini berish to‘g‘risida farmonni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, Rossiya fuqaroligi 6 nafar — O‘zbekiston, Afg‘oniston, Moldaviya, Tojikiston fuqarolari, 5 nafar — Ukraina fuqarolari, 3 nafar Ozarbayjon fuqarolari, 2 nafar — Armeniya va Qozog‘iston fuqarolari. Shuningdek, bir kishidan Vyetnam, Turkmaniston, Marokko va Belarus fuqarolari bor.

Farmon talablariga ko‘ra, shaxslar qasamod qabul qilgandan keyin fuqarolikni oladi. Voyaga yetmaganlar bundan mustasno — bolalar ularning ota-onalari qasamod qabul qilgandan keyin fuqarolikni qabul qilishadi.

Yangiliklar lentasi
0