Yoshlar Ittifoqi raisi Samarqand viloyati hokim o‘rinbosari etib tayinlandi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rustam Qobilov 2017-yildan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Rustam Qobilov 16-apreldan e’tiboran Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyatini boshladi, deb xabar qildi Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

Ulugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Inoyatov: Samarqandda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga chiqarish bo‘yicha rasmiy hujjat bo‘lmagan
Shu vaqtgacha ushbu lavozimda faoliyat yuritgan Umarov Azamat Mardonovich o‘z arizasiga ko‘ra ushbu lavozimdan ozod etildi.

Qobilov Rustam Rajabboyevich 1984-yilning 8-may kuni Toyloq tumanida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: sotsiolog, iqtisodchi.

2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

2005-2009 yillarda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining Samarqand davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti rahbari (jamoatchilik asosida); 2008-2009 yillarda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti Samarqand viloyati mintaqaviy axborot-tahlil markazi ilmiy xodimi (o‘rindoshlik asosida);

Samarqand viloyatida obodonlashtiriladigan qishloqlar ro‘yxati e’lon qilindi
2009-2011 yillarda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi "Yetakchi yoshlar" markazi rahbari;

2011-2015 yillarda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand shahar kengashi raisi;

2015 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi;

2017 yildan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Yangiliklar lentasi
0