O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi

© AP Photo / Wally SantanaGrafiki seysmologicheskoy aktivnosti
Grafiki seysmologicheskoy aktivnosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zilzila kuchi Samarqandda 2 ball, Jizzaxda 3 ballni tashkil etdi.

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lumotiga ko‘ra, 16-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:18 da respublika hududida yer silkinishi qayd etildi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, zilzila markazi Toshkent shahridan 196 km uzoqlikda janubi-g‘arbiy yo‘nalishda Jizzax viloyati hududida qayd etilgan.

Zilzila magnitudasi markazda 3,5 tashkil etdi. Zilzila kuchi Samarqandda 2 ball, Jizzaxda 3 ballni tashkil etdi.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.

Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Yangiliklar lentasi
0