Andijon – Toshkent poyezdiga tosh otib vagon oynasini sindirishdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishJeleznodorojniy znak
Jeleznodorojniy znak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaxshiyamki, hech kim jarohat olmadi, huquqni muhofaza qilish organlari hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Noma’lum shaxs Andijon – Toshkent yo‘nalishidagi tezurar poyezdga tosh otishi oqibatida vagonning deraza oynasi sindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Voqea 11-aprel kuni soat 17.05larda Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanidagi "Qo‘qon-Buvayda" temir yo‘l bekatlari oralig‘ida sodir bo‘lgan. Baxtli tasodif tufayli hech kim jarohatlanmagan.

"Ayni vaqtda huquqbuzarni aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.

Vazirlik ko‘pincha bunday nojo‘ya ishlarni voyaga yetmagan, hayot tajribasiga ega bo‘lmagan, o‘z qilmishining oqibatini fahmlamaydigan yoshlar sodir etishlarini bildirgan va ota-onalardan o‘z farzandlariga e’tiborli bo‘lishlarini so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0