TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘zbekiston Davlat Statistika qo‘mitasi 2018-yilning 1 kvartali bo‘yicha aholi daromadlari haqidagi hisobotni e’lon qildi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2018-yilning yanvar – mart oylarida, o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan, oylik maosh eng ko‘p miqdorda axborot texnologiyalari va aloqa (+28,9%), moliya va sug‘urta (+28,6 %), sanoat (+27%) va qurilish (+24,8%) sohalarida oshgan.
Shuningdek, davlat Statistika qo‘mitasi, boshqa sohalarga nisbatan o‘rtacha maosh miqdori eng ko‘p bo‘lgan soha sifatida – moliya va sug‘urtalash sohasini aytmoqda. Ushbu sohada rasmiy maosh miqdori boshqa sohalarga nisbatan 79,2 % ko‘p bo‘lgan kuzatilgan.