TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Markaziy bank 2018-yil 1-aprel holatiga bo‘lgan O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralarini miqdorini ma’lum qildi.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2018-yil 1-aprel holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 28 494,0 mln AQSh dollari (2017 yil 1-yanvar holatiga 26 428,8 mln AQSh dollari), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar — 14 517,2 mln AQSh dollari, monetar oltin — 13 976,8 mln AQSh dollari tashkil qildi.
Sof oltin-valyuta zaxiralari — 27 086,7 mln AQSh dollarini tashkil etdi (2017 yil 1-yanvar holatiga 25 188,3 mln AQSh dollari).
Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.