Stavrapolda halok bo‘lganlarning jasadlari O‘zbekistonga olib kelindi

© Sputnik / Ilya PitalevDTP, arxivnoe foto
DTP, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yil 4-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Stavrapol o‘lkasida yo‘l transport hodisasi oqibatida 4 nafar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgandi

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining Stavrapol o‘lkasida yo‘l transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlarning jasadlari O‘zbekistonga keltirildi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

telefon zvonok gorachaya liniya slujba dispetcher - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston FVV Stavropoldagi fojia bo‘yicha "tezkor raqamlar" ochdi

"O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar vazirliklari, "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida, joriy yilning 8-aprel kuni vafot etganlarning jasadlari Vatanga olib kelinib, ikkita maxsus transportda Jizzax viloyatining Zomin tumaniga yetkazildi. Vafot etganlar o‘z yashash joylariga dafn etildi", — deyilgan FVV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 4-aprel kuni "Stavropol-Novoaleksandrovsk" avtomobil yo‘lida "VAZ-2101" yengil avtomobili "Isuzu" yuk avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Halokat natijasida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi.

Yangiliklar lentasi
0