Siyosatshunos ekspertlar "Usmon Haqnazarov" maqolalari bo‘yicha o‘z xulosalarini aytdilar

© Sputnik / Andrey Starostin / Mediabankka o‘tishSudebniy molotok, arxivnoe foto
Sudebniy molotok, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi sud majlisida siyosatshunos ekspertlar ishtirok etdi. Ular Usmon Haqnazarov taxallusi ostida yozilgan maqolalarda O‘zbekistondagi Konstitutsiyaviy tuzumni qurolli yo‘l bilan ag‘darishga chaqiriqlar bo‘lganini tasdiqlashdi

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Bugun, 9-aprel kuni, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida jurnalist Bobomurod Abdullayev, bloger Haët Nasreddinov, shuningdek, tadbirkorlar Ravshan Salayev va Shavkat Olloërovlar ustidan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ular Jinoyat Kodeksining 159-modda 4-qismi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish va qonuniy saylangan hukumatni qurolli yo‘l bilan ag‘darishga urinish) bo‘yicha ayblanmoqda.

Bugungi sud majlisida siyosatshunos ekspertlar ishtirok etdi. Ekspertlar o‘z ko‘rsatmalarida "Usmon Haqnazarov" taxallusi ostida yozilgan maqolalarda O‘zbekistondagi Konstitutsiyaviy tuzumni qurolli yo‘l bilan ag‘darishga urinishga chaqiriqlar bo‘lganini tasdiqladilar.

Xususan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti Xalqaro munosabatlar kafedrasi professori Nihola To‘laganova "Usmon Haqnazarov" muallifligi ostida yozilgan maqolalarda O‘zbekistondagi Konstitutsiyaviy tuzumni hukumatni ag‘darish yo‘li bilan o‘zgartirish bo‘yicha takliflar bo‘lganini ta’kidladi.

Bobomurod Abdullayev ishi: jurnalist qiynoqqa solingani o‘z isbotini topmadi

Jumladan, 2013-yilning 2-fevralida yozilgan "Karimov So‘x anklavini Qirg‘izistonga sotishni rejalashtirmoqda", sarlavhali maqolada "Karimov diktaturasining odamlar ustidan kulishiga qay paytgacha chidash mumkin, qo‘lga qurol olish kerak" degan da’vat bo‘lganini misol keltirdi.

Diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar kafedrasi dekani, professor, siyosiy fanlar nomzodi Murod Bahodirov ham oktabr oyidan to dekabr oyi oxiriga qadar "Usmon Haqnazarov" qalamiga mansub 2013-2017 yillar oralig‘ida yozilgan 70ga yaqin maqolalarni ekspert nuqtayi-nazaridan o‘rganganligini aytib o‘tdi.

Bahodirov maqolalarning birida "mavjud Konstitutsiyaviy tuzumni qurolli yo‘l bilan ag‘darishga da’vat bor"ligini ma’lum qildi. 2016-yilda yozilgan maqolalarning birida "Bizning vaqtimiz keldi. Qo‘limizga qurol olaylik, hammasini o‘zgartiraylik", — degan chaqiriqlar borligini misol tarzida keltirib o‘tdi.

Molotok sudi - Sputnik O‘zbekiston
Bobomurod Abdullayev ishi: sud ayblanuvchining advokati - Mayorov iltimosnomasini qabul qildi
Shuningdek, "Usmon Haqnazarov" taxallusi ostida 2014-yil 3-fevral sanasida yozilgan maqolalardan birida "Kompyuter qarshisida o‘tirib Karimov diktaturasiga qarshi kurashishni emas, balki amalda Karimov diktaturasini ag‘darishga qarshi kurashish"ga chaqiriqlar bo‘lganini ta’kidladi.

Ekspertlar advokatlarning savoliga javoban, 2017-yilda yozilgan maqolalarda O‘zbekistondagi davlat tuzumini o‘zgartirishga da’vatlar yo‘qligini aytdilar.

Abdullayev sud majlisi yakunida "O‘rim" ("Jatva") maqolasi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

"Qora fleshkadan topilgan bu maqolaning yaratilgan sanasi 2017-yil 14-oktabr etib ko‘rsatilgan. Ya’ni MXXda bo‘lib turgan bir vaqtimda men bu maqolani yozgan bo‘lib chiqayapman", — deb ta’kidladi Abdullayev va bu ishga "qo‘pol ish" deya ta’rif berdi.

Ilgariroq bo‘lib o‘tgan sud majlisida ham Bobomurod Abdullayev "O‘rim" haqida to‘xtalgan va MXX tergovchisi Aleksey Veselovdan iqtibos keltirgan. Abdullayevga ko‘ra Veselov "Usmon Haqnazarov ertakchi. Bizning ham o‘z ertakchilarimiz bor. Ular hozir loyihani ishlab chiqmoqda. Yakunlashgach, sizga o‘qib ko‘rishga beramiz", — degan.

Eslatib o‘tamiz, Abdullayev "Usmon Haqnazarov" taxallusi ostida 2003-yildan 2004-yilning oxiriga qadar, shundan keyin 2011-2017 yillarda yozganligini ma’lum qilgan. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, 2004-2011 yillarda ushbu ism ostida chiqqan maqolalar uning qalamiga mansub emas.

Bobomurod Abdullayev ertaga soat 10.00dan kech 18.00ga qadar yuqorida keltirilgan maqolalarning qaysi biri unga tegishli ekanligini ro‘yxat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan va tegishli bo‘lmagan maqolalar ro‘yxatini sudyaga taqdim etishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0