MDH davlatlari Tashqi ishlar vazirlari 6-aprelda Minskda yig‘ilmoqda

© Internet-portal SNGFlagi stran uchastnis SNG
Flagi stran uchastnis SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oltinchi aprel kuni Minsk shahrida MDH davlatlari Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Majlisda hamkorlikning dolzarb masalalari va xalqaro kun tartibi muhokama qilinadi

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH TIVK majlisida ishtirok etadi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

"2018-yilning 6-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov rahbarligidagi delegatsiya Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining bo‘lajak majlisida ishtirok etadi", — deyiladi xabarda.

Grafik sostoyaniya finansovogo rinka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston MDH moliyaviy razvedka xizmatlari rahbarlari Kengashiga a’zo bo‘ldi
"Kazinform" agentligi xabariga ko‘ra, MDH TIVK kengashi majlisida 13ta hujjat loyihalari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda. Hujjatlarning aksariyati gumanitar hamkorlikni rivojlantirish va Hamdo‘stlik doirasida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan.

Majlis ishtirokchilari 2018-yilgi rejalarni ham muhokama qiladilar.

Xususan, gumanitar hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish doirasida TIVK majlisida 2021-yilni Mustaqil Hamdo‘stlik Davlatlarida Arxitektura va shaharsozlik yili deb e’lon qilish loyihasining ko‘rib chiqilishi va ma’qullanishi kutilmoqda.

Shuningdek, kun tartibidan: MDH ishtirokchi davlatlaridagi o‘qituvchilar va ta’lim sohasi xodimlari Qurultoyi haqidagi loyiha, MDH ishtirokchi davlatlari "MDH uchun 100 loyiha" qatnashchilarining xalqaro yoshlar loyihasi, MDH ishtirokchi davlatlarining soliq(moliyaviy) surishtiruvini amalga oshiruvchi organlar uchun xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash loyihasi ham ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Shuningdek TIVK majlisi kun tartibidan o‘rin olgan masalalarning teng yarmidan ko‘pi hamdo‘stlik maydonida yangi tahdid va xavflarga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0