TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Kemerovo fojeasidan so‘ng, Toshkentdagi barcha savdo markazlari yong‘in xavsizligiga yoppasiga tekshiruvdan o‘tkaziladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Toshkent shahar hokimiyatida doimiy faoliyat yurituvchi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va "O‘zenergonazorat" xodimlaridan iborat komissiya, barcha savdo markazlari ushbu mavzuda takliflar tayyorlamoqda.
"Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi odam gavjum joylarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha doimiy faoliyat olib bormoqda. Bir necha kun oldin Kemerovoda dahshatli fojea yuz berdi. Shu sababli mutaxassislarimiz savdo markazlari va shunga o‘xshash obyektlarini qo‘shimcha yong‘in-profilaktika tekshiruvidan o‘tkazishni rejalashtirishgan. Biz yana bir bor ularning xavfsizligiga amin bo‘lmoqchimiz. Bu yerda hamma narsa muhim", — dedi Toshkent IIBB Axborot-multimedia markazi rahbarining o‘rinbosari Irina Sayfutdinova.
Sayfutdinova aytishiga qaraganda, mutaxassislar yong‘in signalizatsiyasi ishlashi, xabar tarqatish tizimi, tutun yo‘qotish tizimi va va favqulodda holatlarda binoni tezkor tark etish yo‘llariga hamda ularda ko‘rsatgichlar bo‘lishiga alohida e’tibor berishadi. Shuningdek, savdo markazlari xodimlarining favqulodda holatlarga tayyorligiga alohida e’tibor beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Kemerovo shahridagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 64 kishi qurbon bo‘lgan. Ularning orasida bolalar ko‘p. Dastlabki xulosalarga ko‘ra.yu qurbonlar soni bunchalik ko‘p bo‘lishiga, evakuatsiya yo‘llarining yopiqligi va savdo markazi xodimlarining noto‘g‘ri hatti-harakatlari sabab bo‘lgan.