Toshkentdagi 4 ta yirik savdo markazida yong‘inga qarshi o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi

© railway.uzPojarniy raschet v Uzbekistane
Pojarniy raschet v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIBB xodimi bu mashg‘ulotlar respublikada har chorshanba kuni joriy etilgan yong‘in xavfsizligini oldini olish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilganligini ta’kidladi.

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Bugun, 28-mart kuni Toshkent shahridagi 4 ta yirik savdo markazida yong‘inga qarshi o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

TS Tashkent (bivshiy Turkuaz) - Sputnik O‘zbekiston
Kemerovo fojeasidan so‘ng barcha savdo markazlarida yong‘in profilaktikasi o‘tkaziladi

Bundan avval Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi odamlar gavjum joylarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida savdo markazlari va shunga o‘xshash obyektlarini qo‘shimcha yong‘in-profilaktika o‘rganishlar o‘tkazilishi haqida ma’lum qilingandi.

"Bugun, 28-mart kuni Toshkent shahar yong‘inga qarshi kurash va FVV boshqarmalari tomonidan 4 ta — "Next", "Samarqand Darvoza", "Mega Planet" va "Magnit" savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘inga qarshi o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu mashg‘ulotlarda savdo markaz ishchilariga yong‘in xavfsizlik choralarini ta’minlash, yong‘in sodir bo‘lgan holatlarda fuqarolarni zudlik bilan evakuatsiya qilish, yong‘in kelib chiqish o‘choqlarini o‘chirish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi", — deyilgan xabarda.

IIBB xodimi bu mashg‘ulotlar O‘zbekistonda har chorshanba kuni joriy etilgan yong‘in xavfsizligini oldini olish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilganligini ta’kidladi.

SPUTNIK_Torgoviy sentr gorit v Kemerovo. Kadri s mesta ChP - Sputnik O‘zbekiston
Kemerovoda sodir bo‘lgan mudhish yong‘in joyidan dastlabki video paydo bo‘ldi

Toshkent shahrida 10 ga yaqin savdo markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 25-mart kuni Kemerovo shahridagi 4 qavatli "Zimnyaya vishnya" savdo markazida mudhish yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inda 64 nafar kishi qurbon bo‘ldi, ular orasida bolalar ko‘p.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, qurbonlar soni bunchalik ko‘p bo‘lishiga, evakuatsiya yo‘llarining yopiqligi va savdo markazi ishchilarining noto‘g‘ri hatti-harakatlari sabab bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0