Senat majlisida "Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi qonun ko‘rib chiqiladi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilandi.

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Oliy Majlis o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi oldidan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.

Sotrudnik SNB Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Milliy xavfsizlik xizmati nomi o‘zgartiriladi

Xabarda aytilishicha, qo‘mita raisi Farrux Dadaxo‘jayev boshqargan yig‘ilishda senatorlar, tegishli tashkilotlar vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Unda "O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi qonuni haqidagi masala ko‘rib chiqildi.

"Mudofaa doktrinasi" va O‘zbekiston prezidenti tomonidan 2018-yil yanvarda Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mudofaa vaziri o‘rinbosarining sohada amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 14-mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi" farmonini imzolagandi.

Farmonda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi. Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0