Issiq ko‘lga boradigan poyezdlarga chegirmalar e’lon qilindi

© Novosti UzbekistanaTuristicheskiy poyezd do Issik-kulya nachnet kursirovat iz Tashkenta
Turisticheskiy poyezd do Issik-kulya nachnet kursirovat iz Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chegirmalar miqdori 25-45% ni tashkil etadi va ular chiptalar poyezd jo‘nashidan 45-6 kun muddat oldin sotib olinganda amal qiladi.

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston temir yo‘llari Issiq ko‘l yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdlarga chegirmalar e’lon qildi, kompaniya matbuot xizmati xabariga asosan.

2018 yilning 22-martidan boshlab 455-sonli "Toshkent — Ribachye — Toshkent" halqaro poyezdiga quyidagi chegirmalar joriy etildi.

Kupe va lyuks vagonlari uchun:

  • Chiptalar poezd jo‘nashidan 31-45 kun avval xarid qilinsa — 45%;
  • Chiptalar poezd jo‘nashidan 30- 6 kun avval xarid qilinsa — 35%.

Plaskart vagonlari uchun:

  • Chiptalar poezd jo‘nashidan 31-45 kun avval xarid qilinsa — 35%;
  • Chiptalar poezd jo‘nashidan 30-6 kun avval xarid qilinsa — 25%.

Agar yo‘l chiptalari bitta mamlakat tasarrufida yurish uchun olinadigan bo‘lsa, ushbu chegirmalar joriy etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 22-martidan boshlab 455-sonli "Toshkent — Ribachye — Toshkent" xalqaro poyezdining muntazam harakati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0