Toshkentda Qur’oni Karimni sotib olish uchun katta navbat yuzaga keldi

© uz24.uzV Tashkente lyudi stoyali v bolshuyu ochered chtobi kupit Koran
V Tashkente lyudi stoyali v bolshuyu ochered chtobi kupit Koran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qur’oni Karimni sotish uchun tavsiya qilingan narx 31 ming so‘m etib belgilanganligi aytilmoqda

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. Bugun  28-martdan boshlab “Hilol nashr” nashriyotida chop etilgan Qur’oni Karim sotuvga chiqarildi. Bu haqda Azon.uzga tayanib uz24.uz xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Toshkent shahrida uni xarid qilish uchun katta navbat yuzaga keldi.

“Nashr xabar berishicha, Qur’oni Karimni 50 ming adadda chop etish rejalashtirilgan. Rejaga ko‘ra, birinchi bosqichda shundan 10 ming dona chop etildi. Ko‘plab kitobxonlarning iltimosiga binoan har bir xaridorga bir donadan sotiladi”, — deyiladi xabarda.

Qur’oni Karimni sotish uchun tavsiya qilingan narx 31 ming so‘m etib belgilanganligi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0