Kemerovodagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in qurbonlari soni 48 nafarga yetdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishPojar v torgovom sentre «Zimnyaya vishnya” v Kemerovo
Pojar v torgovom sentre «Zimnyaya vishnya” v Kemerovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarindoshlar ma’lumotlariga ko‘ra, 16 kishi bedarak yo‘qolgan

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Kemerovo shahridagi savdo markazida yong‘in qurbonlari soni 48 nafarga yetdi, deb xabar qildi RIA Novosti tezkor shtab vakiliga tayangan holda.

Sgorevshiy avtobus v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Xorijda jabrlangan va halok bo‘lganlarning oila a’zolariga ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi

Shuningdek, qarindoshlar ma’lumotlariga ko‘ra, 16 kishi bedarak yo‘qolgan.

Yakshanba kuni Kemerovo shahridagi 4 qavatli "Zimnyaya vishnya" savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in maydoni 500 metrni tashkil qilgan.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, Rossiya Tergov qo‘mitasining markaziy apparatiga yuborildi. Voqea joyiga Moskvadan tergov guruhi yuborildi.

Bundan avval, ushbu mudhish fojiada 3 nafar bola halok bo‘lganligi haqida axborot berilgandi.

Yangiliklar lentasi
0