Moskvada Navro‘zni nishonlash migrantlar uchun juda muhim - Habib Abdullayev

© Sputnik / Anton KurilkinPredsedatel Uzbekskoy natsionalno-kulturnoy avtonomii g. Moskvi Xabib Abdullayev
Predsedatel Uzbekskoy natsionalno-kulturnoy avtonomii g. Moskvi Xabib Abdullayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi raisi aytishiga qaraganda Rossiyada musulmonlarning ko‘pligi ham ularni mahalliy aholi bilan yanada yaqinlashtiradi.

TOShKENT, 21 mar – Sputnik. Moskvada Navro‘z bayrmiga bag‘ishlangan sayllar 25-mart kuni VDNX bog‘ida bo‘lib o‘tadi. U yerda palov festivali, milliy jamoalar konsert dasturlari tashkil qilinadi, Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

Moskvadagi O‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi raisi Habib Abdullayev Rossiyada Navro‘z bayramini nishonlash migrantlar uchun qanchalik muhim ekanini aytib berdi.

“VDNX bog‘idagi kabi tadbirlar – bu migrantlar tomonga yuborilayotgan — sizlar bu yerda begona emas, degan so‘zsiz xabardir. Bu kelajak uchun juda muhim. Bu Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan migrantlarga, o‘zlarni allaqanday begona yurtda emas,  qardosh yurtda yurgandek his qilishga yordam beradi”, — dedi Abdullayev.

Habib Abdullayev aytishiga qaraganda ushbu bayramda har yili ko‘p sonli migrantlar jamlanishadi. Ular o‘z uylaridan uzoq bo‘lgani tufayli, ushbu bayramni biroz bo‘lsada his qilishni istashadi.

Yangiliklar lentasi
0