O‘zbekiston o‘tgan yili rossiyaliklar eng ko‘p sayohat qilgan mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi

Obuna bo‘lish
2017 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga sayohat qilish bir yil avvalgiga nisbatan 22%ga oshgan

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. TurStat analitik agentligi 2017-yil yakunlari bo‘yicha Rossiya sayohat turizmidagi mamlakatlar reytingini tuzdi.

Sovetnik prezidenta Mejdunarodnoy assotsiatsii islamskogo biznesa Irshat Yunusov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya kompaniyalari O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga yordam beradi

TurStat ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga sayohat qilish bir yil avvalgiga nisbatan 22%ga oshgan va 120 ming sayyohni tashkil etgan.

O‘zbekiston rossiyaliklar eng ko‘p sayohat qiladigan mamlakatlar orasida 39-o‘rinni egalladi.

O‘tgan yili rossiyalik turistlar eng ko‘p sayohat qilgan mamlakat Turkiya bo‘lgan va 4,5 million turist bu mamlakatga borgan.

Reytingda oxirgi o‘rinni Portugaliya egalladi. Bu davlatga o‘tgan yili 47 ming rossiyalik turist tashrif buyurgan.

Yangiliklar lentasi
0