Tramp Putinni tabriklamoqchi emas

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishAmerikanskiy milliarder i televedushiy Donald Tramp
Amerikanskiy milliarder i televedushiy Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda Rossiya prezidentini ko‘plab mamlakatlar rahbarlari g‘alaba bilan tabriklashdi. Tabriklaganlarning to‘liq ro‘yxati Kreml rasmiy sahifasida e’lon qilingan

TOShKENT, 20 mar – Sputnik. Tramp Putinni tabriklamoqchi emas, deb xabar qilmoqda Oq uy vakiliga yaqin bo‘lgan jurnalistlar, RIA Novosti xabariga asosan.

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni saylovda erishgan g‘alabasi bilan tabriklamoqchi emas. Bu haqida jurnalistlarga AQSh rahbari yordamchisi Xogan Gidli xabar qildi.

Prezident RF V. Putin posetil miting-konsert v Moskve, posvashenniy godovshine vossoyedineniya Krima s Rossiyey - Sputnik O‘zbekiston
Putinga birinchi bo‘lib tabrik yo‘llagan yetakchilar

“U Putin erishgan g‘alabadan xabardor, lekin Tramp va Putin orasida telefon suhbati o‘tkazish rejalashtirilmagan”, — deyilgan xabarda.

Shuningdek, Gidli Oq uy Putinning g‘alabasidan “hayron qolmaganini” va AQSh hukumati Rossiya bilan munosabatlarini davom ettirishini, lekin biror joyda Moskva Vashington manfaatlariga xavf solsa, uni “to‘lashga majbur qilishini” xabar bergan.

“Biz o‘zimiz manfaatdor bo‘lgan hollarda, birga ishlashimiz mumkin bo‘lgan sohalarni qidiramiz”, — dedi Gidli jurnalistlarga.

Sputnik radiosi efirida Iqtisodiyot oliy maktabi siyosatchisi Andrey Suzdalsev Amerikaning ushbu hatti-harakatiga baho berdi.

“Bu biroz o‘zgacha dunyoqarash. Ular G‘arbiy dunyo so‘ziga barcha quloq tutishiga ishonadi. Ularning fikricha, saylovdan to‘rt kun oldin Rossiya sobiq shpionni zaharlashda aybdor deb e’lon qilinsa, Rossiya xalqi qo‘rqqanidan Vladimir Putinga “nol” ovoz berishi kerak edi. Aslida esa, bu aholini yanada ko‘proq safarbar qildi”, — dedi ekspert.

Ayni damda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ko‘plab mamlakatlar rahbarlari g‘alaba bilan tabriklashdi. Tabriklaganlarning to‘liq ro‘yxati Kreml rasmiy sahifasida e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti saylovi 18-mart kuni bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan saylovchilar soni 67,47 %ni tashkil qildi. Bu prezident saylovlarida erishilgan eng katta ko‘rsatgich bo‘ldi. Xususan, 2012-yildagi prezident saylovida — 63,3 % saylovchi ishtirok etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0