O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi vizasiz tartib to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi

© © Sputnik / Amir IsayevKPP "Patar" v Kanibadame, arxivnoe foto
KPP Patar v Kanibadame, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bitim O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9-10 mart kunlari Tojikistonga tashrifi doirasida imzolangandi

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi fuqarolarning 30 kungacha vizasiz o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Jiteli Uzbekistana peresekayut granitsu s Tadjikistanom na KPP Patar, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Chegarasiz quvonch yoxud ko‘zda yosh bilan diydorlashgan qardoshlar

Bitim O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9-10 mart kunlari Tojikistonga tashrifi doirasida imzolangandi.

"O‘n to‘qqizinchi mart kuni O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasida imzolangan  fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi”, — deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.

Matbuot xizmatining xabar berishicha, bitim ikki mamlakat fuqarolariga o‘zaro bordi-keldilarni viza rasmiylashtirishdan amalga oshirish imkonini berish orqali ularga qulay sharoitlar yaratish maqsadida tuzilgan.

"19 martdan boshlab O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari fuqarolari ikki mamlakat hududida bitimda ko‘rsatilgan tegishli o‘tish hujjatlari bilan vizasiz (30 kungacha) bo‘lishlari mumkin", — deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0