O‘zbekiston va Qirg‘iziston to‘rt yo‘nalishda avtobus qatnovi ochadi

Obuna bo‘lish
Chegaradan o‘tayotgan fuqarolar soni ko‘pligi tufayli ikki mamlakat ham nazorat-o‘tkazuv punktlarini kengaytirishga qaror qilgan.

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro to‘rtta yangi yo‘nalishlarda avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bugungi kunda ikki mamlakat transport va chegara nazorat organlari orasida olib borilayotgan muzokaralar o‘zining yakunlovchi bosqichiga yetib kelgan.

“Biz yaqin oylar ichida Toshkent – Bishkek, Farg‘ona – O‘sh va Andijon – O‘sh yo‘nalishlarida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz. Shuningdek Toshkent – Issiq Ko‘l mavsumiy yo‘nalishi ham paydo bo‘lishi mumkin”, — dedi O‘zbekiston Avtomobil transporti agentligi boshlig‘i o‘rinbosari Shoalim Shovahobov Sputnik muxbiriga.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra ikki mamlakat aholisi orasida avtobus qatnovlari juda ommabop bo‘lishi kutilmoqda. Bu nafaqat O‘sh shahrining aholi soni bo‘yicha Qirg‘izistonda ikkinchi o‘rinda turishi, balkim u yerda o‘zbeklar sonining ko‘pligiga ham bog‘liq. Ikki mamlakat poytaxtlarini bog‘lovchi yo‘nalish ham ommaviy bo‘lishi kutilmoqda.

Reysovie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya tez orada Toshkent — Novgorod avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yadi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qirg‘iziston orasida munosabatlar, bir necha yillik sovuqlikdan keyin, o‘tgan yildan boshlab yaxshilana boshlagan edi. 2017-yilda ikki mamlakat rahbarlarining o‘zaro tashriflari uyushtirildi va ushbu uchrashuvlar vaqtida ikki tomondan iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan shartnomalar imzolangan edi.

Qirg‘iziston Davlat chegarasi xizmati xabariga ko‘ra, bugungi kunda ikki mamlakat nazorat-o‘tkazuv  punktlaridan kuniga mo‘ljallangan 7 ming kishi o‘rniga 12 ming kishi o‘tmoqda.

O‘zbekiston Chegarani qo‘riqlash qo‘mitasi xabariga ko‘ra, chegarani kesib o‘tishni istaydigan fuqarolar soni ko‘pligi tufayli, pasport nazorati shaxobchalari sonini 12tadan 22tagacha oshirishga majbur bo‘lishgan. O‘zbekiston yil oxiriga qadar o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi barcha nazorat-o‘tkazuv punktlarini kengaytirishga qaror qilgan.

Yangiliklar lentasi
0