AQSh kosmik qo‘shinlarni yaratish bilan dunyoga tahdid qilmoqda

© Sputnik / Kevin Dauns / Mediabankka o‘tishKandidat v prezidenti SShA Donald Tramp
Kandidat v prezidenti SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh, xuddi boshqa mamlakatlar singari bosib olish va mudofaa qilish bo‘yicha kosmik tizimlarini rivojlantirmoqda. Harbiy sputniklardan va (taxminga ko‘ra) sputniklarga qarshi harbiy potensialidan tashqari, AQSh parvozlari o‘ta mahfiylashtirilgan uchuvchisiz kosmik samolyotga ega

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda qo‘shinlarning yangi turi — kosmik qo‘shinlar paydo bo‘lishi haqida bayonot qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Sotrudniki kitayskix spesslujb vo vremya vstrechi prezidenta SShA Donalda Trampa i glavi KNR Si Szinpina v Pekine. 9-noyabrya 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Yadroviy chemodan tufayli AQSh va Xitoy maxsus xizmatlari o‘rtasida janjal bo‘ldi

"Mening kosmos bo‘yicha milliy strategiyam, kosmik bo‘shliqda xuddi yerda, havoda va suvda singari harbiy harakatlar amalga oshirilishini tan olmoqda. Bizda hatto kosmik kuchlar paydo bo‘lishi mumkin… Biz havo kuchlariga egamiz, kosmik kuchlarni yaratamiz, quruqlikda va flot qo‘shinlarimiz bo‘ladi", — deb aytgan Tramp Kaliforniyada chiqishi vaqtida.

Tramning so‘zlariga qaraganda, u avvaliga bu g‘oyani jiddiy qabul qilmagan, ammo keyinchalik bu ajoyib g‘oya degan xulosaga kelgan. "Balki biz buni amalga oshirishimiz kerak bo‘lar. Bu amalga oshishi mumkin", — degan Tramp.

Ilgariroq Pentagon va HHK vakillari yangi turdagi qo‘shinlarning yaratilishi g‘oyasiga qarshi chiqishgan edi. Ularning nuqtayi-nazarida bo‘lishi mumkin bo‘lgan foyda keng ko‘lamda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan tashkiliy o‘zgarishlarni oqlamas edi.

AQSh, xuddi boshqa mamlakatlar singari bosib olish va mudofaa qilish bo‘yicha kosmik tizimlarini rivojlantirmoqda. Harbiy sputniklardan va (taxminga ko‘ra) sputniklarga qarshi harbiy potensialidan tashqari, AQSh parvozlari o‘ta mahfiylashtirilgan uchuvchisiz kosmik samolyotga ega.

Yangiliklar lentasi
0