Samarqandda yangi oilaviy innovatsion bog‘ paydo bo‘ladi

© AFP 2023 / Miguel SchincariolEkskavator
Ekskavator - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"So‘g‘diyona" bog‘i o‘rnida karting klub, muz saroyi va yangi attraksionlardan iborat bo‘lgan innvatsion park va akvapark paydo bo‘ladi.

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Samarqanddagi “So‘g‘diyona” istirohat bog‘ida shu kunlarda keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda, deb xabar qili viloyat hokmiyati matbuot xizmati.

Samarqand viloyat hokimining 23-fevraldagi qaroriga ko‘ra, ushbu bog‘ o‘rnida zamonaviy innovatsion istirohat bog‘i tashkil etiladi. Ishchi nomi “Family Park” bo‘lgan bog‘ 6,3 gektar maydonni egallaydi va u yerda karting klub, muz saroyi, yangi attraksionlar barpo etiladi. Shuningdek zamonaviy mehmonxona va restoranlar quriladi.

Sentabr oyiga qadar foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan obyekt nafaqat mahalliy aholi, balki Samarqandga keladigan xorijlik sayyohlar uchun muhim turistik maskan bo‘ladi.

Eski bog‘da ham mavjud bo‘lgan sun’iy suv havzasi o‘rnida bugungi kunda zamonaviy akvapark qurilishi jadal olib borilmoqda. 3,5 gektar maydonni egallagan hududda 200 o‘rinli mehmonxona, qishki sport-sog‘lomlashtirish markazi, bolalar, o‘smirlar va kattalarga mo‘ljallangan cho‘milish havzalari, kafe va boshqa ko‘ngilochar maskanlar bunyod etilmoqda. Cho‘milish havzalarini qurish va jihozlashda xitoyliklar tajribasidan foydalanilmoqda.

Umuman, loyihaga ko‘ra, bu yerda dam oluvchilar uchun eng zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratiladi. O‘tgan yil iyul oyida boshlangan qurilish ishlarining dastlabki bosqichi joriy yilning iyun oyigacha yakunlash ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0