Mirziyoyev va Rahmon ikki mamlakatni bog‘lovchi temir yo‘lni ochib berishdi

© Press-slujba "Uzbekiston temir yullari"Perviy poyezd na uzbeksko-tadjikskoy jeleznoy doroge
Perviy poyezd na uzbeksko-tadjikskoy jeleznoy doroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amuzang stansiyasida hozirda nafaqat temiryo‘lchilar, balki chegarachilar, bojxonachilar uchun ham qulayliklar yaratilgan. Ushbu stansiya O‘zbekistonni qo‘shni davlat bilan bog‘lovchi yangi darvoza sifatida faoliyat ko‘rsatadi hamda Tojikistonning janubiy va sharqiy hududlarini bog‘laydi

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari 9-mart kuni ikki mamlakatni bog‘lovchi temir yo‘lni ishga tushirishdi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" matbuot xizmati xabar berdi.

Amuzang va Xoshadi stansiyalaridan dastlabki poyezdlar harakati Shavkat Mirziyoyev hamda Imomali Rahmon tomonidan ramziy tugmaning bosilishi bilan yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tarixiy jarayon maxsus tashkil etilgan teleko‘prik orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi.

© Press-slujba "Uzbekiston temir yullari"Torjestvennaya seremoniya zapuska j/d dorogi mejdu Uzbekistanom i Tadjikistaanom
Torjestvennaya seremoniya zapuska j/d dorogi mejdu Uzbekistanom i Tadjikistaanom - Sputnik O‘zbekiston
Torjestvennaya seremoniya zapuska j/d dorogi mejdu Uzbekistanom i Tadjikistaanom

Amuzang stansiyasida hozirda nafaqat temiryo‘lchilar, balki chegarachilar, bojxonachilar uchun ham qulayliklar yaratilgan. Ushbu stansiya O‘zbekistonni qo‘shni davlat bilan bog‘lovchi yangi darvoza sifatida faoliyat ko‘rsatadi hamda Tojikistonning janubiy va sharqiy hududlarini bog‘laydi.

Bu yerdan Turkmaniston va Afg‘oniston davlatlariga chiqish imkoniyati yanada kengayadi.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida qayta tiklangan temir yo‘lining ochilishi O‘zbekiston prezidentining ushbu mamlakatga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi. 

Hozirgacha Tojikiston va O‘zbekiston temir yo‘l tizimini bog‘lovchi yo‘l faqat Bekobod va Quduqli stansiyasilari bo‘ylab amalga oshirilayotgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0