Moskva va Toshkent moliyaviy hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi tayyorladi

Obuna bo‘lish
Toshkentda Rossiya-O‘zbekiston moliyaviy muloqoti doirasida ishchi guruhlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya moliya va soliq organlari ishchi guruhlari hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini tayyorladi, deb xabar berdi O‘zbekiston moliya vazirligi matbuot xizmati.

Zamestitel premyer-ministra Uzbekistana Jamshid Kuchkorov - Sputnik O‘zbekiston
Jamshid Qo‘chqorov: o‘zbek kompaniyalari ham xalqaro moliya bozoriga chiqishini xohlaymiz

Xabarda bildirilishicha, dushanba kuni Toshkentda Rossiya-O‘zbekiston moliyaviy muloqoti doirasida ishchi guruhlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

"Yig‘ilish ishtirokchilari o‘zaro manfaatli hamkorlikning kelgusi yo‘nalilarini batafsil muhokama qildi va o‘zaro manfaatli asosda hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha yo‘l xaritasini tayyorladi", — deyiladi xabarda.

Moliya vazirligining ma’lumot berishicha, yo‘l xaritasida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ikki mamlakat moliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.

Yo‘l xaritasi O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov tomonidan 6-mart kuni Toshkentda imzolanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0