Lola Karimova gimnastika federatsiyasi prezidenti lavozimini tark etmoqda

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning birinchi prezidenti kenja qizi Osiyo Gimnastika Ittifoqining fahriy prezidenti lavozimini saqlab qolishi va ushbu ajoyib sport turining ashaddiy muhlislaridan bo‘lib qolishini aytib o‘tgan

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva gimnastika federatsiyasi prezidenti lavozimini tark etmoqda.

Mladshaya doch pervogo prezidenta Uzbekistana Lola Karimova-Tillyayeva s suprugom - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova: har bir kuningizda mehr-muhabbat tuyg‘usi uchun o‘rin bo‘lsin
U bu haqda Los-Anjelesda Ser Elton Jonning OITSga qarshi kurash Fondi tomonidan tashkil etilgan xayriya kechasidan so‘ng o‘zining Feysbukdagi sahifasida ma’lum qilgan. 

"Mana 13-yillik faoliyatimdan so‘ng, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi Prezidentligi lavozimini tark etishga majbur ekanligimni e’lon qilmoqchiman. Men barcha sportchilarimiz, federatsiyaning butun murabbiylar jamoasi hamda barcha ishchi xodimlariga a’lo bajarilgan faoliyatlari, ushbu sport turini yuqori darajaga ko‘tarishdagi hissalari, uning rivojlanish yo‘lida tinimsiz mehnatlari hamda g‘ayratlari uchun chin dilimdan tashakkur bildirmoqchiman", — degan Lola Karimova o‘z postida.

Karimovaning so‘zlariga ko‘ra, u Osiyo Gimnastika Ittifoqining fahriy prezidenti lavozimini saqlab qoladi va ushbu sport turining ashaddiy muhlislaridan bo‘lib qolaveradi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida Lola Karimova O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi vazifasini tark etayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0