Turobjon Jo‘rayev Samarqand viloyatining eng dolzarb masalalari yuzasidan hisobot beradi

© Sputnik / StringerVid goroda Samarkand
Vid goroda Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati hokimi o‘tgan 2017-yil viloyat rivojlanishining eng muhim masalalari yuzasidan axborot berib, viloyat prokurori va IIV rahbarining hisobotini tinglaydi

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Joriy yil 10-mart kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi qirq to‘qqizinchi sessiyasi chaqiriladi. Bu haqda hokimlik matbuot-xizmati xabar berdi

Chinovnik vixodit iz kabineta - Sputnik O‘zbekiston
Turobjon Jo‘rayev rahbarlarga ularning javobgarligi haqida eslatdi
Sessiyada Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayevning 2017-yilda viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti tinglanadi.

Shuningdek, kun tartibidan viloyat prokuraturasining 2017-yilda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti va Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasining viloyatda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisoboti o‘rin olgan.

Samarqand viloyati jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlari tomonidan 2017-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili Samarqand mintaqaviy vakilining 2017-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti tinglanishi kutilmoqda.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilishi haqida ham aytib o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0