Sputnik tahririyati Sevinch Xodiyevani tug‘ilgan kun bilan tabrikladi

Obuna bo‘lish
Bugun "Ti super" tanlovining ikkinchi mavsum ishtirokchisi o‘zbekistonlik Sevinch Xodiyeva 11 yoshga to‘ldi.

Sevinch Xodiyevaga Sputnik O‘zbekiston tahririyati nomidan tort taqdim etilib, tanlov qatnashchilari Irina Allegrovaning "Tug‘ilgan kun bilan" qo‘shig‘ini kuylab berishdi. Belarusiyalik Snejana Gordiyenko she’r aytib berdi.

Eslatib o‘tamiz, "Ti super" tanlovning asosiy maqsadi ota-ona qarovisiz qolgan bolalar o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishdir. Loyihada Rossiya va sobiq SSSR respublikalarida yashovchi ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar ishtirok etadilar.

Tanlovning ikkinchi mavsumida Rossiya, Belarus, Moldova, Estoniya, Latviya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Armeniya, Ozarbayjon, Janubiy Osetiya, Germaniyadan jami 82 bola ishtirok etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0