TOShKENT, 27 fev – Sputnik. 22-martdan boshlab qatnaydigan Toshkent-Baliqchi –Toshkent yo‘lovchi poyezdi uchun chiptalar sotuvi boshlandi. Bu haqda "Kirgiz temir jolu" kompaniyasi saytida ma’lum qilindi.
Xabarga ko‘ra, Bishkekdan Toshkentgacha plaskart vagonlariga chipta 2500 qirg‘iz so‘mi (36,71 dollar), kupega 3378 qirg‘iz so‘mi (49,6 dollar), lyuks vagonlarga 6432 qirg‘iz so‘mi (94,45 dollar)dan sotiladi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari"ga qarashli 455/456-raqamli Toshkent-Baliqchi –Toshkent yo‘lovchi poyezdi haftada bir marta qatnaydi.
Poyezd tarkibi yettita kupe, uchta plaskart vagoni va vagon-restorandan iborat bo‘ladi.