TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasida faoliyat yuritgan Jamshid Hosilovich Sultonov o‘rniga yangi rahbar tayinlanganligi haqidagi xabar noto‘g‘ri talqin qilingani aniqlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
"Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Tarbiyaviy va ijtimoiy-psixologik ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Jamshid Hosilovich Sultonov o‘z vazifasida xizmatini davom ettirayotganligini ma’lum qilamiz", — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq "Uznyus" nashri polkovnik Odilov Bahrombek Qahramonovich ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — O‘zbekiston IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani haqida xabar tarqatgan edi.