O‘zbekiston qanday qilib Janubiy Koreyaning muhim hamkoriga aylandi

© president.uzShavkata Mirziyoyeva torjestvenno vstretili v Seule
Shavkata Mirziyoyeva torjestvenno vstretili v Seule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik muxbirlari Koreya bosh vaziri o‘rinbosari nima uchun Olimpiya o‘yinlari ayni qizg‘in pallaga kirgan paytda va Mirziyoyevning Koreyaga tarixiy tashrifidan atigi uch oy o‘tib O‘zbekistonga tashrif buyurgani borasida fikr yuritishdi

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Joriy hafta o‘rtasida Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri Kim Dong Yon O‘zbekistonga ishchi tashrif bilan keldi.

Janubiy koreyalik mansabdor prezident Shavkat Mirziyov bilan muzokara o‘tkazdi hamda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan yangi tashabbus – iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-koreys yig‘ilishini yo‘lga qo‘ydi.

Sputnik muxbirlari Koreya bosh vaziri o‘rinbosari nima uchun Olimpiya o‘yinlari ayni qizg‘in pallaga kirgan paytda va Mirziyoyevning Koreyaga tarixiy tashrifidan atigi uch oy o‘tib O‘zbekistonga tashrif buyurgani borasida fikr yuritishdi.

Hujjatlardan amaliy ishga

Janubiy koreyalik mehmonning O‘zbekistonga tashrifi davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlar borasida olamshumul hujjatlarni imzolamadi. Tilga olingan kelishuvlar – Toshkentda Milliy tibbiyot markazi majmuasi qurilishi bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi hamda iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha birinchi O‘zbekiston-Koreya qo‘shma yig‘ilishi bayonnomasi bo‘ldi.

Vitse premyer-ministr Yujnoy Korei posetit Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari keladi

Ko‘rinib turibdiki, imzolanishi mumkin va kerak bo‘lgan barcha hujjatlar Mirziyoyevning o‘tgan yil noyabridagi 60dan ortiq hujjat va 10 milliard dollarlikdan ortiq kelishuvlar imzolangan tashrifi davomida tasdiqlab bo‘lingan. Janubiy Koreya bosh vaziri o‘rinbosarining tashrifi esa aynan mana shu hujjatlarni amaliyotga tatbiq etishni ko‘zda tutadi. Avvallari bu borada ma’lum bir muammolar yuzaga kelgandi.

Islom Karimov rahbarligi davrida ham mamlakatlar milliardlab dollarlik kelishuvlar imzolagan, ammo keyinchalik ayrim loyihalar bir joyda depsinib uzoq vaqt qog‘ozlarda turib qolgandi. Oddiy misol – poytaxtda Koreya bilan hamkorlikda zamonaviy bolalar tibbiyot markazi qurish haqida uzoq 2012-yilda kelishuvga erishilgandi. Biroq bugunga kelibgina tomonlar bu borada amalda barcha jihatlarni kelishib olishdi va joriy yilda uni barpo etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanishi ehtimoli yuqori.

Kim Dong Yonning o‘zi ham bejizga tashrifidan maqsad ikki tomonlama munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitish deya ifodalamadi.

"Prezident janobi oliylari bilan uchrashuvda O‘zbekiston rahbarining Koreya Respublikasiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatlarimiz hamkorligini sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqish hamda janubiy koreyalik ishbilarmonlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish imkonini beradigan qator amaliy takliflarni bildirdi", — deya qayd etdi bosh vazir o‘rinbosari.

Kun tartibi

O‘zaro kelishuvlarni "osmondan yerga tushirish" uchun mamlakatlar yangi muzokara maydoni — Iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston—Koreya qo‘shma yig‘ilishini tashkil etdi. Yig‘ilish doirasidagi birinchi uchrashuv manfaatli bo‘ldi – hamkorlar o‘zaro munosabatlardagi muammolar haqida ochiq fikr bildirdilar, ayrim nozik masalalarni hal qilish borasida kelishib oldilar.

Prodaja din na prodovolstvennom rinke - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya O‘zbekiston qovunlari importini tiklamoqchi

Masalan, O‘zbekiston Koreyaga meva-sabzavot mahsulotlari yetkazish hajmini kengaytirishni taklif etdi. Bugungi kunda yuqori bojxona yig‘imlari eksport miqdorini cheklab qo‘ymoqda. Buning ustiga, ayrim meva-sabzavotlarga nisbatan taqiqlar mavjud.

Yig‘ilish davomida tomonlar bu muammolar yechimi bo‘yicha yakuniy to‘xtamga kelishdi. Masalan, mamlakatlar o‘rtasida preferensiyali savdo kelishuvi imzolash yoki erkin savdo zonasi tashkil etish bojxona to‘lovlarini pasaytirish imkonini beradi. fevral oxiri yoki mart boshlarida bu yo‘nalish bo‘yicha ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Taqiqlar borasida esa O‘zbekiston tomoni hozirda nafaqat karantin infratuzilmasi qayta shakllantirilayotganini bayon etdi, balki Janubiy Koreyaga bu jarayonda o‘z tajribasi va mablag‘i bilan ishtirok etishni taklif qildi.

Ikki mamlakat delegatsiyalari shuningdek, 2018-2020 yillarda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot fondining 500 million dollar hajmidagi zayomlari evaziga moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish masalasini muhokama qildi. Ular orasida yuqorida tilga olingan bolalar tibbiyot markazi, O‘zbekistonda Koreya madaniyat va san’at uyining ochilishi va boshqa loyihalar bor.

O‘zbekiston uchun muhim jihatlardan yana biri respublikaning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishida Janubiy Koreyaning ko‘maklashishidir. Shu bois tomonlar yaqin vaqt ichida maxsus Maslahat kengashi tashkil etish va uning birinchi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib oldi. Uning dastlabki vazifalaridan biri JSTga a’zo bo‘lishning milliy iqtisodiyotning yetakchi bo‘g‘inlaridan bo‘lgan mamlakat agrar sektoriga ta’sirini baholashdir.

Kolsepradilnaya mashina nemeskoy firmi Saurer Schlafhorst - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Koreya ishtirokida yangi to‘qimachilik texnoparki ishga tushadi

Hamkorlikning yana bir manfaatli yo‘nalishlaridan biri – to‘qimachilik sohasi. Mamlakatda Janubiy Koreya ishtirokida o‘nlab yirik to‘qimachilik majmualari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ammo hamkorlikning yanada rivojlanishiga yangi turdagi mato va bo‘yoqlarni ishlab chiqarish borasidagi muammolar xalal berardi.

Endilikda bu ish bilan Toshkentda sentabr boshida ishga tushadigan yangi o‘zbek-koreys tekstil texnoparki shug‘ullanadi. O‘zbekiston korxonalariga zamonaviy Janubiy Koreya innovatsiyalarini olib kirish va joriy etish, mato, bo‘yoq mahsulotlari, kiyimlar dizayni bo‘yicha hamkorlikda tadqiqot ishlarini olib borish uning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

O‘zbekiston vakillari hamkorlar bilan shuningdek, Qashqadaryo viloyatidagi GTL zavodi qurilishiga Koreya moliya-kredit tuzilmalari mablag‘larini jalb etish hamda neft-gaz va kimyo sohalaridagi boshqa loyihalarni amalga oshirish masalalarini faol muhokama qildi.

Asosiy yangilik

Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralardagi asosiy yangilik Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekistonga amalga oshiradigan tashrifi bo‘ldi. Biroq Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi maslahatchisi Kim Je Uning Sputnik muxbiriga bildirishicha, hozircha tashrifning aniq sanasi va bo‘lajak muzokaralar mavzusini aytish qiyin.

"Hozirda bu yo‘nalishda faol ish olib bormoqdamiz va tashrifning keng dasturini tayyorlamoqdamiz", — dedi u.

Manfaatli hamkor

Yig‘ilishning aksariyat qatnashchilari O‘zbekiston Janubiy Koreya investitsiyasini jalb etish va bu mamlakat bilan umumiy strategik hamkorlik borasida Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarini ancha ortda qoldirganini e’tirof etishdi.

Bugungi kunda Janubiy Koreyaning butun mintaqa hududlari bilan savdo almashuvining 50%dan ortig‘i O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yili O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama tovar almashuv hajmi 1,2 milliard dollarga yetdi va yaqin yillar ichida 2 milliard dollargacha yetishi mumkin.

Uzbekistan - Koreya biznes dialog - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Koreya investitsion hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi

Janubiy Koreya O‘zbekistonning yirik tashqi savdo hamkorlaridan biriga aylanishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. U ancha vaqtdan buyon nafaqat iqtisodiy, balki ruhiy, madaniy-gumanitar aloqalarga ega bo‘lgan Rossiya va Qozog‘istonga yetib olishi qiyin. Va bunga da’vogarlik ham qilmaydi. Uning strategik vazifasi faol iqtisodiy istiloni boshlagan Xitoyni mintaqadagi o‘rnidan surishdir.

Buning uchun esa imkoniyatlari yetarli. Xitoy o‘zining iqtisodiy qudrati orqali kredit asiriga aylanishni istamaydigan Markaziy Osiyo respublikalarini cho‘chitadi. Shu bois ishga amaliy yondashuvchi koreyaliklar mintaqa davlatlari uchun xususan, Xitoyning ta’siriga nisbatan muvozanat sifatida manfaatli hamkor hisoblanadi.

O‘zbekiston strategik loyihalar – Usturt gaz-kimyo majmuasi, "Navoiy" intermodal xabi va boshqa qator loyihalarni aynan Koreya investitsiyalarini jalb etish orqali amalga oshirdi.

Umuman olganda, bu ikki mamlakat umumiy manfaatlar va hamkorlikdagi kelajak borasida o‘xshash tushunchalarga ega. O‘zbekistonga Koreya innovatsiya va investitsiyalari, Janubiy Koreyaga esa Markaziy Osiyoda yirik strategik hamkor kerak.

Yangiliklar lentasi
0