Chimonda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

© Sputnik / Anatoliy UstinenkoLavina
Lavina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FVV matbuot xizmati Chimon hududida bo‘ron ogohlantiruvini e’lon qildi

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. "Chimon" hududida 2018-yil 14-fevral soat 08:00 dan 15-fevral soat 08:00 gacha qor qo‘chish xavfi e’lon qilindi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Zima v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Yomg‘ir va qor: O‘zbekistonga yana sovuq havo oqimi kelmoqda

Xabarda aytilishicha, ehtiyot choralarini ko‘rish hamda avariya, boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 tezkor raqamiga murojaat etish kerakligi haqida so‘ragan.

Shuningdek, "Qamchiq" dovonidagi vaziyat bo‘yicha ob-havo bashorati berildi: 14-fevral (kechasi): —2…+3 daraja, engil qor, o‘rtacha va ba’zan kuchayishi mumkin. Shamol 5-10 m/s dan 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.

15 fevral (kechasi): —7…-2 daraja, qor va ba’zan kuchayishi mumkin, ko‘rinish 50-100 m. Shamol 5-10 m/s dan 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.

15 fevral (kunduzi): 0…+ 5 daraja, engil qor, ba’zan kuchayishi mumkin, ko‘rinish 50-100 m. Shamol 5-10 m/s dan 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.

16 fevral (kechasi): —7…-2 daraja, qor. Shamol 5-10 m/s dan 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ob-havoning keskin o‘zgarishi sababli, iloji boricha tungi paytlarda "Qamchiq" dovoni orqali harakatlanishni cheklash tavsiya qilingan.

Yangiliklar lentasi
0