Lola Karimova: har bir kuningizda mehr-muhabbat tuyg‘usi uchun o‘rin bo‘lsin

© Foto: Lola Karimova-Tillyayeva / instagramMladshaya doch pervogo prezidenta Uzbekistana Lola Karimova-Tillyayeva s suprugom
Mladshaya doch pervogo prezidenta Uzbekistana Lola Karimova-Tillyayeva s suprugom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston birinchi prezidenti kenja qizi Instagramdagi sahifasida turmush o‘rtog‘i bilan Parijda Eyfel minorasi fonida tasvirga tushgan suratni chop etgan

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘zbekiston birinchi prezidentining kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva Instagramdagi sahifasida mushtariylarni Valentin (sevishganlar) kuni bilan tabrikladi.

 

Lola Karimova-Tillyayeva Instagramdagi sahifasida turmush o‘rtog‘i bilan Parijda Eyfel minorasi fonida tasvirga tushgan suratni chop etdi.

"Har bir kuningizda mehr-muhabbat tuyg‘usi uchun o‘rin bo‘lsin. Mehr-muhabbat barcha yerda mavjud bo‘lsin. Shunda, shubhasiz, olam ham yanada yaxshi tomonga o‘zgaradi. Ushbu bayram insoniyatga hos bo‘lgan eng go‘zal tuyg‘ulardan birini his etish va ulashish imkonidir", — deb yozgan Lola Tillyayeva-Karimova.

Dunyoning ko‘p davlatlarda 14-fevral kuni Valentin (sevishganlar) kuni nishonlanadi.

Yangiliklar lentasi
0