Prezident maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda

Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda maktabgacha ta’lim muassasalarining joylardagi ahvoli, sohadagi ishlarni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilinmoqda

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Ayni paytda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Deti - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ikki yil ichida 69 ming qo‘shimcha bog‘cha o‘rinlari yaratiladi

Unda maktabgacha ta’lim muassasalarining joylardagi ahvoli, sohadagi ishlarni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilinmoqda.

"Prezident Shavkat Mirziyoyev bu tizimni har tomonlama tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda qolgan eng kichik jihatlargacha e’tibor qaratdi", deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Xabarda bildirilishicha, yig‘ilishda maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va jihozlash, davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy bog‘chalar tashkil etish, ularda bolalarni belgilangan meyorlar asosida to‘g‘ri va sifatli ovqatlantirish, tarbiyachilarning saviyasi, bilimi va ko‘nikmalarini oshirish kabi qator dolzarb vazifalar muhokama qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0