TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Bugun Xitoyning Taypey shahrida futzal bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda, Uff.uz xabari asosida.
Ayni damda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston — Iroq o‘yini yakuniga yetgan. Uning natijalariga ko‘ra O‘zbekiston jamoasi 4:4 (1:2) hisobida g‘alaba qozongan. Ya’ni asosiy vaqt davomida hisob 4:4 bo‘lgan. Penaltilar natijasi bo‘yicha 1:2 hisobda O‘zbekiston jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritgan.
Ushbu g‘alaba bilan O‘zbekiston futzal terma jamosi Osiyo chempionatiningbronza sovrindoriga aylandi. Gollari mualliflari: Choriyev (3), Yunusov (26, 39) Hamroyev (28).
Quyida ushbu o‘yinning eng yorqin lahzalarini e’tiboringizga havola etamiz.
Terma jamoaning asosiy tarkibi: 1. Rustam Umarov, 7. Dilshod Rahmatov, 8. Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov, 14. Konstantin Sviridov.
Zaxiradagilar: 12. Akmal Hazratqulov, 6.Ilhom Hamroyev, 10.Davron Choriyev, 9.Davron Abdurahmonov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 13.Husniddin Nishonov, 5.Dilmurod Shavkatov, 3.Mashrab Odilov, 2.Anasxon Rahmatov
Eslatib o‘tamiz, bugun mahalliy vaqt bilan 19:00da yana bir yarim final jangi Eron va Yaponiya jamoalari orasida bo‘lib o‘tadi.