Andijonga Hindistondan investorlar keldi

© andijan.uzPeregovori mejdu rukovodstvom Andijanskoy oblasti i predstavitelyami Indii
Peregovori mejdu rukovodstvom Andijanskoy oblasti i predstavitelyami Indii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Investorlar viloyatda yangi mehmonxonalar ochish, turizm sohasini rivojlantirish, ho‘l va quruq meva-sabzavotlarni eksport qilish; farmatsevtika mahsulotlari, terini qayta ishlash va xalq istemoli mollarini ishlab chiqarish bo‘yicha takliflar berdilar

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Andijon viloyati hokimi Shuxratbek Abdurahmonov Hindistondan tashrif buyurgan investorlar: Avtar Sinx va Bxardvaj Anupamlarni qabul qildi, deb xabar berdi hokimlik matbuot-xizmati.

Tadj-Maxal — mavzoley-mechet, naxodashiysya v Agre, Indiya - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda Shoh Jahon bunyod ettirishni orzu qilgan Toj Mahal quriladi
Uchrashuv davomida investorlar viloyatda yangi mehmonxonalar ochish, turizm sohasini rivojlantirish, ho‘l va quruq meva-sabzavotlarni eksport qilish; farmatsevtika mahsulotlari, terini qayta ishlash va xalq istemoli mollarini ishlab chiqarish bo‘yicha takliflar berdilar.

O‘z o‘rnida viloyat hokimi hududda sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashuvchi bunday kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, uchrashuvda o‘zbek va hind xalqlari tarixi, adabiyoti, musiqasi, rassomchilik va arxitekturasi, ularning bir-birini boyitishi va to‘ldirishi andijonlik Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar nomi bilan chambarchas bog‘liqligi, ularning o‘chmas merosi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida ko‘p asrlik savdo, fan, madaniyat sohalaridagi samarali almashinuv an’anasini davom ettirish uchun kuchli salohiyat yaratishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida, an’anaga muvofiq, mehmonlarga estalik sovg‘alar va Andijon viloyati haqidagi uchta tilda yozilgan kitob tuxfa etildi.

Yangiliklar lentasi
0