TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronboy Jeenbekov Qozog‘istonda yuz bergan mudhish fojia yuzasidan Shavkat Mirziyoyevga o‘z hamdardligini bildirdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.
"Qirg‘iziston xalqi va shaxsan o‘z nomimdan Qozog‘istonnning Aqtobe viloyatida ro‘y bergan mudhish voqeada o‘zbekistonlik fuqarolarning halok bo‘lgani uchun chuqur hamdardlik bildiraman. Vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga ham ta’ziya izhor qilaman va jabrlanganlarga sog‘ayib ketishini chin dildan istayman", — deyilgan Qirg‘iziston prezidenti maktubida.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 18-yanvar kuni Samara — Chimkent trassasida «Ikarus» rusumli avtobusning yonib ketishi natijasida 52 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan.