O‘zbekistonda "paxta ishi"ni davom ettirgan va davlat mulkini o‘marganlar qo‘lga olindi

© AFP 2023 / NOAH SEELAMXlopok-sires
Xlopok-sires - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Angor paxta tozalash" AJ mansabdor shaxslari 2017-yil paxta mavsumida fermer xo‘jaliklariga 204730 kilogramm paxta xom ashyosini qo‘shib yozganligi aniqlandi

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Surxondaryoda bir guruh paxta sanoati xodimlari ustidan jinoiy ish ochildi, deb xabar berdi "Xalq so‘zi" nashri. Gap "Angor paxta tozalash" AJ rahbari boshchiligidagi bir guruh xodimlar to‘g‘risida bormoqda.

Chinovnik vixodit iz kabineta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyati hokimi paxta hosilini qo‘shib yozgani uchun ishdan olindi
Bosh direktor Toshtemir Xolboyev, mazkur aksiyadorlik jamiyati 2-zona tovarshunoslari Murod Allamurodov va G‘anisher Madaminovlar, nazoratchi Sirojiddin Arapov, sifat laboratoriyasi xodimi Rustam Ashurov, shuningdek, "Surxonoziqovqatsanoati" AJ vakili Alisher Nazarovlar huquq tartibot organlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbir chog‘ida yuk xatlarini soxtalashtirish yo‘li bilan chigit mahsulotlarini talon-taroj qilayotganlar vaqtda qo‘lga olingan.

Ulardan noqonuniy ravishda olib ketilayotgan 48219 kilogramm texnik chigit daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Bundan tashqari, "Angor paxta tozalash" AJ mansabdor shaxslari 2017-yil paxta mavsumida fermer xo‘jaliklariga 204730 kilogramm paxta xom ashyosini qo‘shib yozganligi aniqlandi.

Ushbu holatlar bo‘yicha T. Xolboyev, M. Allamurotov, S. Arapov, R. Ashurov, G. Madaminov, A. Nazarovlar, shuningdek, X. Chorshanbiyev va A. Eshqobilovlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mo‘may daromad ilinjida davlat mulkini o‘g‘rilash, talon-taroj qilish va paxta xom ashyosini qo‘shib yozish bilan shug‘ullanganlar endi qilmishlariga yarasha jazo olishlari muqarrar, deb yozgan nashr.

Yangiliklar lentasi
0