Mehnat migrantlari Rossiyaga borish uchun nega avtobusni tanlashadi?

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPolitsiyachilar Moskvadagi "Sadovod" bozorini tekshirmoqda
Politsiyachilar Moskvadagi Sadovod bozorini tekshirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston investitsiyalar va taraqqiyot vazirligi avtobus yo‘lovchilarni tashishni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lmagani haqida bayonot bergan, avtobusning texko‘rigi muddati esa qariyb ikki yil oldin o‘tib bo‘lgan

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiya va Qozog‘iston singari davlatlarga pul topish uchun borayotgan o‘zbekistonlik migrantlar ko‘zlangan manzilga yetkazuvchi transport tariqasida avtobusni pulni iqtisod qilish maqsadida tanlashadi, bu haqda payshanba kuni "Xalq so‘zi" nashri xabar qildi.

Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Qozog‘istondagi fojia bo‘yicha maxsus huqumat komissiyasini tashkil qildi
Payshanba kuni ertalab Aqto‘be viloyatining Samara-Shimkent trassasida Qozog‘iston davlat raqamiga ega, 57 yo‘lovchi, ju jumladan 2 nafar haydovchi bo‘lgan avtobus yonib ketdi. Qozog‘iston hukumati taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 52 kishi tiriklay yonib ketgan, 5 kishi omon qolishga muvaffaq bo‘lgan, ular yengil darajada kuyish jarohatini olganlar.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilarning barchasi O‘zbekiston fuqarosi, haydovchilar — Qozog‘iston fuqarolari bo‘lishgan.

Qozog‘iston investitsiyalar va taraqqiyot vazirligi avtobus yo‘lovchilarni tashishni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lmagani haqida bayonot bergan, avtobusning texko‘rigi muddati esa qariyb ikki yil oldin o‘tib bo‘lgan.

"Pul topish ketayotganlarning hammasi avtobus — ishonchsiz transport ekanligini tushunishadi. Bizning yigitlarimiz halok bo‘layotgan avariyalar juda ko‘p yuz beradi. Nega baribir avtobuslarda boraverishadi? Sababi — pul", — degan nashrga Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan migrantlarning biri.

Avtobus Setra - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston FVV vakillari Aqtobeda qurbonlar ro‘yxatini tuzmoqda
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston bilan chegaradosh Rossiya shaharlarigacha 250 ming so‘mga (30 dollar taxminan) yetib borish mumkin. "Bu Toshkentdan poyezdda borgandan ko‘ra ancha arzon", — deb hisoblaydi suhbatdosh.

O‘zbekistondan Ostonagacha plaskart temiryo‘l chiptasining narxi — 585 ming so‘m (73 dollar)ni, Samaragacha esa 850 ming so‘m(105 dollar)ni tashkil etadi.

"Pul topish uchun ketayotganlar uchun har bir tiyin qadrli. Misol uchun men yo‘l haqi uchun qarindoshimdan qarz olganman. Shuning uchun sutka-ikki kun chidashga to‘g‘ri keladi", — degan nashrga suhbatdosh.

Migrant shuningdek, avtobus salonidagi tirbandlik va yuklar haqida gapirgan — qoplar va korobkalar o‘rindiqlar orasida turishini aytgan. "Agar yonib ketgan avtobusda ham shunday holat yuz bergan bo‘lsa, odamlarda omon qolish uchun imkon bo‘lmagan. Ular bu tirbandlikda tashqariga qochib chiqolmas edilar", — deb taxmin qilgan suhbatdosh.

Yangiliklar lentasi
0