O‘zbekiston FVV vakillari Aqtobeda qurbonlar ro‘yxatini tuzmoqda

© SputnikAvtobus Setra
Avtobus Setra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FVV vakillari qozog‘istonlik hamkasabalari bilan birgalikda qurbonlar ro‘yxati tuzishni yakunlamoqlda.

TOShKENT, 18 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirliklari mutaxassislari Aqtobega yetib kelishdi, deb xabar qildi muassasa vakili Sputnik muxbiriga.

"Ayni damda biz, qozog‘istonlik hamkasabalarimiz bilan birgalikda, qurbonlar ro‘yxati tuzishni oxiriga yetkizmoqdamiz", — dedi FVV vakili. 

Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab soat 10:30 Qozog‘istonning Aqtobe viloyatida 57 kishi mingan avtobus yonib ketgan. Yo‘lovchilarning 52 nafari qurbon bo‘ldi. Qozog‘iston FVV xabariga ko‘ra,ular O‘zbekiston fuqarolari.

Mavzu bo‘yicha yangiliklarni sahifamizda kuzatib boring.

Yangiliklar lentasi
0